Fizika Flashcards
(266 cards)
FIzika haqida
Fizika so‘zi yunon tilidagi φύσις – physis
soʻzidan olingan bo‘lib, “tabiat” degan ma’noni anglatadi. Fizika – tabiat haqidagi fan. Bu so‘zni fanga yunon mutafakkiri Aristotel kiritgan.
Fizik kattaliklar nima?
Modda va maydonlarning fizik xossalarini, o‘zaro ta’siri va harakatini miqdor jihatidan tavsiflovchi kattaliklar fizik kattaliklar deyiladi.
O’lchash deganda nimani tushuniladi
O‘lchash deganda o‘lchanadigan kattalikni namunaviy kattalik bilan solishtirish tushuniladi.
xalqaro birliklar sistemasi haqida
Xalqaro birliklar sistemasi (frans. SI – Système international d’unités) 1960-yildan boshlab qabul qilingan. Fizik kattaliklar asosiy, yordamchi va hosilaviy kattaliklarga bo‘linadi. Xalqaro birliklar sistemasi (SI)ga kiruvchi 7 ta asosiy, 2 ta yordamchi kattalik qabul qilingan. Bular: uzunlik, massa, vaqt, modda miqdori, temperatura, tok kuchi, yorug‘lik kuchi – asosiy, yassi burchak va fazoviy burchak esa yordamchi kattaliklardir.
SI dagi asosiy birliklar
1 Uzunlik, masofa l, s m
(metr) o‘lchov lentasi
2 Massa m kg (kilogramm) tarozi
3 Vaqt t s
(sekund) sekundomer
4 Modda miqdori ν mol bilvosita o‘lchanadi
5 Absolyut temperatura T K
(kelvin) termometr
6 Tok kuchi I A
(amper) ampermetr
7 Yorug‘lik kuchi I cd (candela) lyuksmetr
Gipoteza va kuzatishga ta’rif
Tabiatdagi sodir bo‘layotgan hodisa va jarayonlarga ta’sir etmasdan o‘rganish kuzatish deyiladi.
Hodisa va jarayonlarni kuzatishlar davomida ma’lum bir qonuniyatlar mavjudligi to‘g‘risida ilmiy taxmin qilinadi. Bunday ilmiy taxmin gipoteza deb ataladi
Skalyar kattalik nima
Faqat son qiymati bilan aniqlanadigan kattaliklar skalyar kattaliklar deyiladi.
Vektor kattaliklar
Son qiymatlari va yo‘nalishlari bilan aniqlanadigan kattaliklar vektor kattaliklardir.
Mexanik kattalik nima?
Vaqt o‘tishi bilan jismning fazodagi vaziyati boshqa jismlarga nisbatan o‘zgarishi mexanik harakat deyiladi
KInematika haqida
Kinematikaning asosiy vazifasi harakatdagi jism ning istalgan paytdagi vaziyatini aniqlashdan iborat. Mexanikaning jism harakatini tavsiflaydigan kattaliklar orasidagi bog‘lanishni o‘rganadigan bo‘limi kinematika deb ataladi. Kinematika bo‘limida jismning harakati vaqtga bogʻliq holda oʻrganiladi, ammo bu harakatni yuzaga keltiruvchi sabablar o‘rganilmaydi.
absolyut qattiq jism nima
Harakati o‘rganilayot gan sharoitda jismning shakli va o‘lchami o‘zga rishsiz qolsa, bunday jism absolyut qattiq jism deb ataladi.
MOddiy nuqta nima
Kuzatilayotgan vaziyatda o‘lchami va shakli ni
hisob ga olmasa ham bo‘ladigan jism moddiy nuqta
deb ataladi.
TRayeektoriya nima
Moddiy nuqta mexanik harakati davomida fazoda qoldirgan iz trayektoriya deyiladi.
Yo’l nima?
Jismning ma’lum vaqt davomida trayektoriya bo‘ylab bosib o‘tgan masofasi yo‘l deyiladi. Yo‘l – skalyar kattalik. Xalqaro birliklar sistemasi (SI)da uzunlik birligi qilib metr (m) qabul qilingan. Masofani inglizcha space so‘zining bosh harfi – s, uzunlikni esa inglizcha length so‘zining bosh harfi – l orqali belgilash qabul qilingan.
KO’chish nima?
Harakatlanayotgan moddiy nuqtaning boshlang‘ich va oxirgi vaziyatlarini tutashtiruvchi, yo‘nalishga ega bo‘lgan to‘g‘ri chiziq kesmasi (vektori) ko‘chish deyiladi.
Ilgarilanma harakat haqida
Jismning barcha nuqtalari bir xil ko‘chadigan harakati ilgarilanma harakat deb ataladi. Ilgarilanma harakatda jismga xayolan o‘tkazilgan har qanday to‘g‘ri chiziq o‘z-o‘ziga parallel qoladi
To’g’ri chiziqli tekis harakat
Agar to‘g‘ri chiziqli harakatlanayotgan jism teng vaqt oralig‘ida bir xil masofalarni bosib o‘tsa, bun day
harakatga to‘g‘ri chiziqli tekis harakat deyiladi.
Tezlik formulasi
tezlik =yo‘l:vaqt
v=s:t
Tezlik nima?
Vaqt birligida bosib o‘tilgan yo‘lga miqdor jihatidan teng bo‘lgan kattalik tezlik
deyiladi.
NOtekis harakat nima?
Harakat davomida jism tezligining son qiymati o‘zgaruvchan bo‘lsa, bunday harakat notekis harakat deyiladi.
Notekis harakatning o’rtacha tezligi nima?
Jism bosib o‘tgan umumiy yo‘lning shu yo‘lni bosib o‘tishga ketgan umumiy vaqtga nisbati bilan o‘l chanadigan kattalik notekis harakatning o‘rtacha tezligi deb ataladi.
Oniy tezlik nima?
Jismning muayyan bir paytdagi yoki trayektoriyaning ma’lum nuqtasidagi tezligi oniy tezlik deb ataladi.
Egri chiziqli harakat nima?
Harakat trayektoriyasi egri chiziqdan iborat bo‘lgan harakat egri chiziqli harakat deyiladi.
Aylanish davri nima?
Jismning aylana bo‘ylab bir marta to‘liq aylanib chiqishi uchun ketgan vaqtga aylanish davri deyiladi.